#XotiraUz: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan chorlov!

Xabaringiz bor, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Vatanimiz ravnaqi, ozodligi va osoyishtaligi uchun kurashgan, umrini O‘zbekiston atalmish ko‘rkam diyorga bag‘ishlagan ota-bobolarimiz ruhini shod etish, oramizdagi urush qatnashchilari va faxriylarini ma’nan qo‘llab-quvvatlash, keksalarni asrab-avaylash, milliy an’ana va g‘oyalarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan joylarda #XotiraUz aksiyasiga start berilgan edi.

Ayni kunlarda mazkur aksiya katta shijoat bilan tashkil etilmoqda. Bu borada #XotiraUz heshtegini dunyo trendiga olib chiqish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ham aksiyada faol bolishmoqda.

Biz yo‘llanayotgan barcha chorlovlarni qabul qildik va biz ham barchani aksiyada faollikka chorlab qolamiz!

Aksiya davom etadi.

"Televivion texnologiyalar" fakulteti matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov