TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI VA TALABARI X-INNOVATSION G‘OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALAR RESPUBLIKA YARMARKASIDA ISHTIROK ETISHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ananaviy ravishda “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi” tashkil etilib kelinmoqda. 2017 yilda X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgacha ruhiyat va shijoat bilan tashkil etildi. Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan taqdim etildi. Ko‘rgazmada jami 64 ta ishlanma namoyish etilib, 34 ta ishlanma banner ko‘rinishida namoyish etildi.

Ko‘rgazma yakunida Universitetning har bir ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fan texnologiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus faxriy yorliq, diplomlar bilan taqdirlandi.

"Televizion texnologiyalar" matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov