TATUDA «YOSH IQTISODCHI» TO‘GARAGI DOIRASIDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «AKT sohasida iqtisodiyot va menejment»fakulteti hamda «Kamolot»YoIH BT faollari bilan «Yosh iqtisodchi» to‘garagi faoliyati doirasida bank xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Navbatdagi tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvga «Hi-Tech Bank» «Tashqi iqtisodiy faoliyat» boshqarmasi boshlig‘i O.Norboyev hamda «G‘aznachilik» boshqarmasi boshlig‘i U.Qurbanaliyevlar tashrif buyurdi. Ular tomonidan «Biznesni boshlash va uni tashkil etish bosqichlari» to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’ruza so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar olishdi.

"Televivion texnologiyalar" matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov