Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "ZAKOVAT" intellektual o’yini o’tkazildi

Joriy yilning 4 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining axborot resurs markazida “Kamolot” YoIH ning universitetdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlarning aqliy salohiyatini yanada oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish va talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida “Televizion texnologiyalar” fakultetida ilk bor zakovat intellektual o’yinining “Dekan kubogi” o’tkazildi.

Tadbirda Televizion texnologiyalari fakulteti dekani F.Nuraliyev, dekan muovini I.Nabiyev, boshlang’ich tashkilot yetakchisi O.Begimov, “Intellektual o’yinlar” klubi rahbari O.Allayorov hamda klub a’zolari ishtirok etishdi.

O’yin 2 bosqichda o’tkazilib, har bir turda 10 tadan savol o’ynaldi. O’yinda jami 9 nafar jamoa ishtirok etdi. O’yin juda ham qiziqarli va murosaga boy tarzda kechdi. O’yin natijasiga ko’ra faxrli uchinchi o’rinni “Ziyo” jamoasi, ikkinchi o’rinni “Perfekt” va birinchi o’rinni “Intellekt” jamoasi qo’lga kiritdi. G’olib va sovrindorlar fakultet dekanati hamda boshlang’ich tashkilot tomonidan “Zakovat ko’chma kubogi”, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

"Televizion texnologiyalar" fakulteti matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov