Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi

Kategoriya: 

Tabiiy fanlar, suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura, dizayn va rassomchilik mutaxassisliklari bo'yicha Yevropa va AQSH oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida taxsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish maqsadida respublikamiz hamda chet el oliy ta'lim muassasalarini muvaffaqqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar tanlovi boshlandi. 

Chet elda (2 yilgacha) tahsil olish va yashash harajatlari to'laligicha Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Fond grantini qo'lga kiritishni istagan nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar: faoliyatini milliy istiqlol g'oyasiga bag'ishlash; Vatani va xalqining iqtisodiy va ma'naviy ravnaqiga xizmat qilishni o'z burchi va hayotiy maslagi deb bilish; umumbashariy va milliy qadriyatlarruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak axloq sohibi bo'lish; tanlagan mutaxassisiligi bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a'lo darajada bilish.

Tanlov uchun kerakli xujjatlar: tanlovda ishtirok etishga ariza, oliy ta'lim muassasasi (korxona, tashkilot, muassasaraxbari) ning tanlovda ishtirok etishga tavsiyasi, shaxsiy varaq, tanlov bo'yicha nizom, pasport, pasport nusxasi, oliy talim muassasasini bitirganligini tasdiqlovchi diplom, diplom nusxasi, ro'yxatdan o'tgan yashash joyidan ma'lumotnoma, 086 shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma, 4 dona 3x4 fotosurat, 1 dona 10 varaqli fayl papka.

Xujjatlar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9.00 dan 13.00 gacha qabul qilinadi. 

To'liq ma'lumotni quyidagi manzilda olish mumkin: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug'bek tumani, Movarounnahr ko'chasi, 24-uy.

Tel: 237-34-20, 23738-13, (95) 198-01-22.

 "Televizion texnologiyalari" fakulteti 515-16 guruh talabasi Axmetov Muzaffar