Boshlang'ich tashkilot haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga universitetning barcha talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda harakat atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Manzil: Toshkent sh., 100202, Amir Temur shox ko'chasi, 108 uy, korpus A

Tel: +998 (71) 238 64 41