Boshlang'ich tashkilot

Boshlang’ich tashkilotning maqsad va vazifalari:

1.  Universitetga etuk mutaxassislarni tayyorlash va tarbiyalashdagi vazifa hamda maqsadlarni amalga oshirishda yordam berish, mamlakatimizda yoshlar muammolarini echishga qaratilgan dastur va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning hayotda o’ziga munosib o’rnini topish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari, kelajakda sog’lom turmush kechirishlari uchun zamin tayyorlashda faol ishtirok etish.

2. Talaba-yoshlarga o’z iqtidori, dunyoqarashi, fikrlashi va boshqa qobiliyatlarini oshirishda ma’naviy qo’llab-quvvatlash, iste’dodi va tabiiy etakchilik qobiliyatlarini namoyon qilishlarida yordam berish, tashabbuslari va maqsadli loyihalarini amalga oshirishlarida ko’maklashish, talabalarning hayotiy faoliyatiga oid turli tadbirlar, uchrashuvlar, badiiy kechalar uyushtirish.

3.  Talabalar o’rtasida ular uchun e’lon qilingan turli stipendiyalar, tanlovlar, grantlarning targ’ibot-tashviqotini olib borish, Davlat stipendiyalari va mukofotlar uchun o’tkaziladigan tanlovlarda Komissiyasi a’zosi sifatida yoshlar manfaatlarini himoya qilish.

5. Respublika bo’yicha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’lim muassasalari, tashkilotlar va mehnat jamoalaridagi boshlang’ich tashkilotlari yetakchilari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ular bilan maqsadli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, talabalarga amaliyotlarini mazmunli o’tkazishda yordam berish.

6. Talabalarning o’qish va turar joylarida istiqomat qilishi jarayonlarida ularning qonuniy manfaatlarini va huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarga moddiy yordam ko’rsatishni jamoatchilik asosida tashkil etish.

7.  Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar o’rtasida ijtimoiy so’rovlar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali ta’lim muassasasidagi ijtimoiy muhit, shart-sharoit va o’quv jarayonining sifati to’g’risidagi axborot to’plash, yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud yutuqlarni yanada ommalashtirish bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash.

8. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq etish bilan bog’liq masalalarni bosqichma-bosqich tartibda doimiy ta’lim muassasasi Ilmiy (Pedagogik) Kengashi muxokamasiga olib chiqish va tegishli qarorlar chiqarilishiga erishish.

9. Talabalarning o’qish va turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab, o’z iqtisodiy sharoitini yaxshilashi uchun imkoniyatlar yaratishda ko’maklashish, ijarada yashovchi talaba-yoshlarni hayotini doimiy o’rganib turish va mavjud muammolarni yechishlarida ko’maklashish.

10. Talabalarning universitet tomonidan joriy qilingan odob-ahloq, tartib-intizom, ozodalik, muomala madaniyati qoidalarga rioya etishi bo’yicha ma’naviy targ’ibot ishlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini o’rnatish, mazkur qoidalariga rioya etmagan talabalarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish bo’yicha rektorga takliflar kiritish.

11. Muddatli harbiy xizmatni o’tab o’qishga qabul qilingan talabalarga “Kamolot” YoIH tomonidan shartnoma pulining 35%ini to’lash bo’yicha tavsiyalar berish, ularni vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi hamda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy yo’nalishda amalga oshiriladigan ishlarga keng jalb etish.

12. Talabalar tomonidan fanlar bo’yicha nazoratlarni o’z vaqtida topshirib borish, talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash, pedagoglar va talabalar o’rtasida ta’magirlik holatlarining oldini olish bo’yicha faoliyat ko’rsatish hamda bu borada aniqlangan ma’muriy chora ko’rilishi lozim bo’lgan hollar va mavjud muammolar to’g’risida rektorga taklif kiritish.

13. Turmush qurgan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan va nogiron talabalarning ijtimoiy-maishiy hayotidan doimiy xabardor bo’lib turish, ularga sifatli tibbiy-profilaktik xizmat ko’rsatilishida amaliy yordam ko’rsatishni tashkil etish.

14. Universitet hududida, o’quvchi-talabalar turar joylarida tozalik, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun talabalar xasharlarini uyushtirish.

15. Talabalar o’rtasida giyohvandlik, OITS, spirtli ichimliklar va tamaki chekishga qarshi tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

16. Universitet talabalari to’g’risida axborot bankini tuzish, ularning shaxsiy fazilatlari, ma’naviy kamolot darajasi monitoringini olib borish, ehtiyoj bo’lganda talabalar bilan individual tarbiya rejasini tuzish kabi ishlarni amalga oshirish.

17. Universitet ro’znomasi tahririyati bilan birgalikda ro’znoma sahifalarida ta’lim-tarbiya mavzularida maqolalar chop etilishini ta’minlash.

18. “Munozara” debat klublari faoliyatini tashkil etish va kuchaytirishda faol ishtirok etish.

19. O’zbekiston Qonunchiligiga, O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Dasturi va Ustaviga zid bo’lmagan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda ta’lim muassasalarida boshlang’ich tashkiloti ishtirokida qabul qilingan reja va qarorlarini amalga oshirishda qatnashish.

Universitetda boshlang’ich tashkilot tomonidan hozirgi kunga qadar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, turli xil ochiq muloqotlar, «Shou dasturlar», ko’rik-tanlovlar, turli xil sport musobaqalarini o’tkazib kelmoqda. Boshlang’ich tashkilot universitet ijtimoiy hayoti muhim o’rin kasb etadi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, fakultet rahbariyatlari, ijtimoiy-gumanitar kafedralar bilan hamkorlikda har o’quv yilida an’anaga aylanib borayotgan 1-kursga qabul qilingan talabalarning «Talabalik qasamyodi», «1 oktyabr o’qituvchi va murabbiylar kuni», «21 oktyabr o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun», «8 dekabr o’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun», «1 dekabr Xalqaro OITS qarshi kun» tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari buyuk simolarimiz Mir Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kunlari keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. «8 mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda fakultet rahbariyatlari bilan hamkorlikda bayram tadbirlari amalga oshirilib kelinadi. Albatta, «Navro’z umum xalq» bayramiga tayyorgalik ko’rish va uni keng miqyosda nishonlash maqsadida fakultetlarda, Talabalar turar joylarida bayram dasturxonlarini tashkil etish an’ana tusiga kirgan bo’lib, ushbu tadbirda Talabalar turar joyi talabalari o’rtasida «o’zbek xalq milliy o’yinlari» va turli sport o’yinlari tashkil etiladi. Har yili davlatimiz Rahbari ishtirok etib keladigan respublika miqyosida amalga oshiriladigan «Xalq saylida» universitet «Kamolot» yoshlar ishtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti faollari ham ishtirok etib kelishmoqda.

Talabalarning o’qish va turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab, o’z iqtisodiy sharoitini yaxshilashi uchun imkoniyatlar yaratishda ko’maklashish, ijarada yashovchi o’quvchi-talabalar hayotini doimiy o’rganib turish va mavjud muammolarni echishlarida ko’maklashish, talabalar tomonidan fanlar bo’yicha nazoratlarni o’z vaqtida topshirib borish, talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash, pedagoglar va talabalar o’rtasida ta’magirlik holatlarining oldini olish bo’yicha faoliyat ko’rsatish hamda bu borada aniqlangan ma’muriy chora ko’rilishi lozim bo’lgan hollar va mavjud muammolar, talabalarning universitet tomonidan joriy qilingan odob-ahloq, tartib-intizom, ozodalik, muomala madaniyati qoidalarga rioya etishi bo’yicha ma’naviy targ’ibot ishlarini tashkil etish, jamoatchilik nazoratini o’rnatish, mazkur qoidalariga rioya etmagan talabalarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish va yoshlar o’rtasida ijtimoiy so’rovlar, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali universitetdagi ijtimoiy muhit, shart-sharoit va o’quv jarayonining sifati to’g’risidagi axborot to’plash, yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.