“Mening Yurtim” telekanalining sahovati

“Mening Yurtim” telekanali mana ikki yildirki o’z faoliyatini olib bormoqda. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, 2014-yil 1-noyabr kuni o’zining ilk ko’rinishini oynai-jahon orqali havola etdi. Shu qisqa fursat ichida telekanal ko’pgina yutuqlar hamda o’z muxlislariga ega bo’ldi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga qo’shishda yaqindan yordam ko’rsatishi olqishga sazovordir. Xususan, 2016-yil 14-noyabr kuni telekanal BMT ning "UNICEF" tashkiloti bilan hamkorlikda butunjahon bolalar kuniga bag’ishlab tok-shou o’tkazildi. Bu shouda men ham ishtirok etib, jurnalistlarning bergan savollariga javob berdim. Men bundan juda ham xursandman. Buning uchun men telekanal ijodkorlariga, xususan, “Non Stop” rahbari Visola Anorova, Rustam Eshbekov, Dilnoza Saidova, Nilufar Farhodova va Nilufar Sotiboldiyevalarga o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. “Mening Yurtim” telekanalining kelgusidagi ishlariga esa omadlar va zafarlar tilab qolaman. Barchasi uchun raxmat senga, “Mening Yurtim”!

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekomunikatsiya texnologiyalari” fakulteti talabasi Abror Muhammadjonov.       

Rasm: