«Mening biznes g’oyam – 2017»: Bo’lajak «Milliarderlar» aniqlandi

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Markaziy bank va bir qator tijorat banklari hamkorligida o‘tkazilayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlovi yosh ishbilarmonlarni munosib rag‘batlantirish, ularga ko‘mak berish, turli loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Tanlovning Muhaamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo’lib o’tgan Toshkent shahar bosqichida 150 nafar istiqbolli loyiha va g‘oya tashabbuskorlari ishtirok etdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, eng istiqbolli biznes rejalar ma’qullanib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.

Tadbir doirasida tijorat banklari, soliq idoralari va boshqa soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga biznes reja tuzish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish talablari kabi masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
"Televizion texnologiyalar" matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov