“Biz yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent islom universiteti

“Biz yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

shiori ostidagi diniy ekstremistik oqimlar tomonidan ilgari surilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarni fosh etishga qaratilgan infografikalar, taqdimot (prezentatsiya), rasmlar hamda maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar 15-mayga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman (shahar) Kengashlarida qabul qilinadi.

Eng sara ijodiy ishlar mualliflari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.

Batafsil ma’lumotlarni www.kamolot.uz saytidan hamda universitetimiz boshlang‘ich tashkilotidan (BT) olishingiz mumkin.

 

Telefon: +99895 170-90-27

 

Email: manaviyatmk@umail.uz