Zukko kitobxon

Loyihaning maqsadi yoshlar o'rtasida kitoblarga bo'lgan mehr, e'tibor va qiziqishni rivojlantirish.

Sinov baxsida ishtirok etish uchun 6 kishidan iborat jamoa 4 ta asar:

“Alkimyogar” (P. Koelo), “Chol va dengiz” (E. Xeminguey), “Kecha va Kunduz” (Cho’lpon), “O’tkan kunlar” (A. Qodiriy) nomli kitoblarini o'qigan holda kelishlari lozim.

Intellektual o'yin shartlari oddiy: asarlardan tushgan savollarni belgilangan vaqtda topib, javobni hakamlarga yozma tarzda berish lozim.
O'yinning Zakovatdan farqi, mantiqiy fikrlashda nafaqat savolga, balki raqib jamoalarga ham e'tibor qaratish lozim.

O'yin davomida savollarga javob topa olmagan jamoaning bir ishtirokchisi o'yinni tark etadi. Jamoa agar ketma-ket bir necha marotaba savolga javob topa olmasa, o'yin stolida hech kim qolmaganligi sababli o'yindan chetlashtiriladi. Shu sababli o'yinda barcha ishtirokchilar kitoblarni birdek o'qigan bo'lishi lozim.

Hisobida 2 ochko bor jamoa o'yinni tark etgan o'z jamoa a'zosini 2 ochkodan voz kechish evaziga o'yin stoliga qaytarishi mumkin.

O'yinda 3 ochkodan ko'p to'plagan jamoa 3 ochko  istalgan raqib jamoaning eng zukko o'yinchisini o'yin stolidan chiqarib yuborishi va bu orqali raqiblarini og'ir ahvolga solib qo'yishi mumkin.
Yanada qiziqarli o'yin qoidalari bilan o'yin davomida tanishib olishingiz mumkin.

Aziz do'stlar, hammangizni jamolaringiz bilan kutib qolamiz. Mazmunli o'yin, ajoyib taassurotlar va esdalik sovg'alari Sizlarni kutmoqda!

Murojaat uchun: “KAMOLOT” YoIH TATUdagi boshlang’ich tashkiloti fakultet yetakchilari ro’yhati:
KIF: Tulenov Shoxrux - +998 94 482-18-13
DIF: Abduroziqov Sardor - +998 97 720-80-06
Kasb talimi: Ro’zimetov Aziz - +998 91 777-97-99
AKT IBF: Ergashev Xayitmurod - +998 93 580-58-56
Telvizion texnologiyalari: Abilov Umidjon - +998 94 640-80-70
Telekommunikatsiya texnologiyalari:  Daloydinov Aziz - +998 93 540-27-28
Axborot xavfsizligi: Zulfiqorov Zoxid - +998 94 652-90-91

Rasm: www.Kitob.uz saytidan olingan.

"Kamolot" YoIH TATUdagi BT
Matbuot yo'nalishi.