OQ YO‘L, SIZGA MAGISTR!

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017 yil 17 iyun kuni magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Har o‘quv yilida magistrlarga diplom topshirish marosimi universitetda tantanali ravishda bayramona ruhda o‘tkaziladi. Bu yil ham an’anaga sodiq qolgan holda ushbu marosim tantanali bayramona ruhda tashkil etildi. Tantanali marosimga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari taklif etildilar. Jumladan, O‘zR axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X.Shermatov, universitet rektori T.Z.Teshabayevlar tantanada so‘zga chiqib, magistrlarni tabrikladilar.
"Televizion texnologiyalar" fakulteti matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov