O‘ZBEKISTON PREZIDENTI HUAWEI’NING AKTDA YOSHLAR TA’LIMIGA QO‘SHAYOTGAN HISSASINI IJOBIY BAHOLADI

Xitoyga 12—15-may kunlari rasmiy tashrif bilan safar qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy sarmoyadorlari va yirik kompaniyalari bilan uchrashar ekan, Huawei’ning yosh iste’dodlar ta’limiga va professional rivojiga qo‘shayotgan hissasiga alohida urg‘u berdi.
Bizga ma’lumki, Huawei dunyoning yetakchi axborot va telekommunikatsiya kompaniyasi bo‘lib, mamlakatimizda innovatsion loyihalarni muvafaqiyatli namoyish qilib kelmoqda.
Albatta, biz kompaniyaning O‘zbekistonda mobil operatorlar tarmog‘ini kengaytirishda, ‘Elektron ta’lim’ loyihalarini o‘tkazishda va AKT yo‘nalishida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlashimiz lozim.
Hozirda O‘zbekistondagi Huawei markazida 400 dan ziyod mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Keyingi yilgacha ularning soni 1000 nafar kishiga ortishini hohlaymiz. Chunki biz uchun eng muhimi — yosh kadrlarga ta’lim berish va ularni rivojlantirishdir.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Ta’kidlash joizki, 2016-yilda Huawei va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamkorlikda Huawei’ning rasmiy axborot va tarmoq akademiyasi hisoblangan HAINA loyihasini ishga tushirgan edi. Mazkur akademiya o‘ziga xos trening markazi sifatida yuzlab talaba va mutaxassislarni “Marshrutizatsiya va kommutatsiya yo‘nalishlari” bo‘yicha qayta tayyorlashi ko‘zda tutilgan. Aytish joizki, bunday mutaxassislarga O‘zbekistonning axborot texnologiyalar va telekommunikatsiya bozorida talab juda katta.
"Televizion texnologiyalar" fakulteti matbuot yo'nalishi sardori KomronIkromjonov