Diqqat E'lon!!!

Kategoriya: 

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan universitetimizda "NAZM VA NAVO" iqtidorli yoshlar tanlovi o'tkaziladi.Tanlovning maqsadi iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, bu orqali ularning yangi iqtidor qirralarini ochish, ijod va bilim cho'qqilarini egallashlariga ko'mak berish hamda yoshlar orasida sog'lom raqobat muhitini vujudga keltirishdir. 

Tanlov shartlari: tanlovda barcha fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin, tanlovda har bir fakultetdan 1 ta jamoa ishtirok etadi, har bir jamoada 5 nafar ishtirokchi qatnashadi, tanlov 3 shartdan iborat: tanishtiruv, "o'z ijodimdan na'muna" va baxrubayt sharti.

Tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar: jamoa a'zolarining ro'yxati, jamoaning emblemasi, fakultet haqidagi video-rolik va jamoaning nomi.

Tanlov fevral oyining birinchi yarmida o'tkaziladi.

Batafsil ma'lumotni "Kamolot" YoIH ning TATU dagi BT yoki "AKT sohasida Iqtisod va menejment" fakultetidan olishingiz mumkin.

Tel: 238-64-41

"Televizion texnologiyalari" fakulteti 515-16 guruh talabasi Axmetov Muzaffar