“ODAM SAVDOSI — HUDUD, CHEGARA, MILLAT TANLAMAYDIGAN MUDHISH JINOYATDIR”

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzucida uchrashuv suhbat o’tkazildi. Suxbatda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Eshov Xurshid Xurramovich va Toshkent davlat yuridik universiteti professori Muhammadjonov Ommonula Zokirjonovichlar ishtirok etdilar. Suxbat davomida odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatligi, bu juda ko’p salbiy unsurlarni olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog’, odam savdosi, missionerlar nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar jiddiy tashvishlarni olib kelayotganligi va odam savdosiga qarshi kurashish tarixi, unga qarshi kurashishda qanday muxim ishlar qilinyotganligi xaqida ma’lumotlar berib o’tildi. Suxbat davomida mavzuga oid film namoyish etildi.
"Televizion texnologiyalar" matbuot yo'nalishi sardori Komron Ikromjonov